O'zbekiston

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik qahramonga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi

Shunindek, gubernator Aleksandr Beglov 7-qavatdan yiqilgan bolani qutqarib qolgan Xayrullo Ibodullayevga “Qutqaruvdagi jasorat uchun” ko‘krak nishonini topshirdi.

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik qahramonga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi

Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Novichkov Sankt-Peterburg shahrida bolani halokatdan qutqarib qolgan o‘zbekistonlik Xayrullo Ibadullayevga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish masalasini ko‘tarishni taklif qildi.

 

Deputatning taʼkidlashicha, Xayrullo Ibadullayev ko‘rsatgan jasorat alohida eʼtirof va mukofotga loyiq. U bu haqda TASS agentligiga bergan izohida qahramonlik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan rag‘batlantiruvchi mexanizmlar qo‘llanilishi zarurligini qayd etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 22 fevral kuni Sankt-Peterburg shahrida yetti yoshli bola ko‘p qavatli uyining yettinchi qavatidagi derazadan yiqilib tushgan. O‘sha hududda ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlaydigan 36 yoshli Xayrullo Ibadullayev tezkor harakat qilib, yiqilayotgan bolani ushlab qolgan.

 

Deputat so‘zlariga ko‘ra, bunday jasorat kam uchraydigan hodisa bo‘lib, kamida davlat mukofoti va jamoatchilik hurmatiga munosibdir. Shu munosabat bilan, agar qahramon bunday istak bildirsa, unga fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda berish masalasini ko‘rib chiqish mumkinligi taʼkidlangan.

 

Shuningdek, Margarita Simonyan maʼlumotiga ko‘ra, Ibadullayevga qahramonlik ko‘rsatgan shaxslar uchun beriladigan Tigran Keosayan mukofoti doirasida 1 million rubl pul mukofoti topshirilgan.

 

Sankt Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov O‘zbekiston fuqarosiga “Qutqaruvdagi jasorat uchun” ko‘krak nishonini ham topshirgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan ham ushbu jasorat yuqori baholanib, Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq Xayrullo Ibadullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Xayrullo Ibodullayevga O‘zbekistonga qaytish aviachiptasi sovg‘a qilingan.

 

Qahramonning o‘zi ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida rus tilini mukammal o‘rganish hamda kelgusida Rossiya fuqaroligiga ariza topshirishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"