O'zbekiston

O‘zbekistondagi nufuzli bankning mansabdor xodimi qamoqqa olindi

U Toshkent viloyatida aniqlangan qariyb 73 milliard so‘mlik soliq qarzini “bartaraf qilib berish” evaziga ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJdan 110 ming dollar talab qilgan.

O‘zbekistondagi nufuzli bankning mansabdor xodimi qamoqqa olindi

 

Yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJda viloyat Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan audit tekshiruvi yakunida aniqlangan 72 milliard 956 million so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 110 ming AQSh dollari pul talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bank mansabdor shaxsi kelishilgan pul mablag‘ining bir qismi — 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirgi vaqtda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"