O'zbekiston

Olmaotadan 40 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Aniqlangan shaxslar migratsiya tartiblarini buzgan va shu sababli qonunchilikka muvofiq ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Olmaotadan 40 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

 

Qozog‘istonning Olmaota shahrida migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblangan 40 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu haqda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlariga tayanib Kazinform xabar berdi.

 

Olmaota politsiya departamenti Migratsiya xizmati rahbari Yerkin Amantayevning ta’kidlashicha, aniqlangan shaxslar migratsiya tartiblarini buzgan va shu sababli qonunchilikka muvofiq ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifa — qonuniylik va jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek, shahar hududida bo‘lib turgan barcha xorijiy fuqarolar tomonidan qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

 

Olmaota shahar politsiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, deportatsiya jarayoni qonuniy tartibda va barcha xavfsizlik talablari asosida tashkil etilgan. Xususan, fuqarolar hujjatlashtirilgan holda maxsus rejalashtirilgan transport vositasida Qozog‘iston–O‘zbekiston chegarasiga olib borilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"