O'zbekiston

Buxoroda soxta ehson videolari orqali 161 mln so‘m o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi

U ijtimoiy tarmoqlarda bemor bolalar nomidan joylashtirilgan xayriya videolarini montaj qilib, bank karta raqamlarini o‘zgartirish orqali fuqarolar yuborgan pullarni o‘zlashtirib kelgan.

Buxoroda soxta ehson videolari orqali 161 mln so‘m o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi

 

Toshkent viloyati IIBB Ramazon oyi munosabati bilan fuqarolarni yangi turdagi kiberfiribgarlik holatlaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Viloyat IIBBning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring hamda fuqarolar murojaatlari asosida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida navbatdagi kiberjinoyat fosh etildi.

 

Aniqlanishicha, Buxoro viloyatida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan shaxs Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bemor bolalar nomidan joylashtirilgan xayriya videolarini yuklab olib, ularni qayta montaj qilgan. U asl videolardagi bank karta raqamlarini o‘zgartirib, o‘rniga boshqa karta ma’lumotlarini joylashtirgan va fuqarolar tomonidan yuborilgan mablag‘larni noqonuniy ravishda o‘zlashtirib kelgan.

 

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, mazkur shaxs 2025-yil oktabr oyidan jinoyati fosh etilgunga qadar onasiga tegishli bank kartasiga qariyb 2 mingga yaqin tranzaksiya orqali jami 161 million so‘m miqdorida pul mablag‘larini tushirgan hamda ushbu mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"