O'zbekiston

Toshkent viloyatida hokim yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi

U davlat zaxirasidagi 4 sotix yerni hokimlikdagi tanishlari yordamida soxta ma’lumotlar asosida xaridor nomiga rasmiylashtirish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilgan.

Toshkent viloyatida hokim yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi

 

Toshkent viloyati Qibray tumanida hokimning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha MFYdagi yordamchisining korrupsion harakati fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

U MFY binosi yonida joylashgan, davlat zaxirasidagi 4 sotix yerni hokimlikdagi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritib, xaridor nomiga rasmiylashtirish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u talab qilingan summaning 10 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi va ashyo dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Hozirda hokim yordamchisi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"