O'zbekiston

Telegram'da bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxslar ushlandi

Gumonlanuvchilar noqonuniy materiallarni ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib, katta miqdorda daromad olgani aniqlangan.

Telegram'da bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxslar ushlandi

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Telegram messenjeri orqali voyaga yetmaganlar ishtirokidagi taqiqlangan pornografik materiallarni tarqatgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi marbuot xizmati xabar berdi.

 

Jumladan, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda messenjerda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi axloqsiz va pornografik mazmundagi materiallarni tarqatib kelgan shaxs aniqlangan. Ma'lum bo'lishicha, u 442 nafar obunachiga ega bo‘lgan kanal orqali jami 403 turdagi bolalar pornografik materiallarini tarqatgan.

 

Dastlabki surishtiruv jarayonida gumonlanuvchi qiziqish yuzasidan shunga o‘xshash kanallarga qo‘shilganidan so‘ng o‘zi ham kattalar va voyaga yetmaganlar ishtirokidagi noqonuniy videolar joylashtirilgan kanal tashkil etganini ma’lum qilgan hamda qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

 

Shuningdek, Toshkent viloyatida yashovchi 21 yoshli fuqaro ham Telegram messenjerda qizlar nomidan 6 ta kanal ochib, ularga jami 3 750 ta pornografik material joylashtirgani aniqlangan. Tergovga qadar tekshiruvlarda uning boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali 837 nafar shaxsga voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik mahsulotlarni sotgani va 29,2 million so‘m miqdorida noqonuniy daromad olgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"