O'zbekiston

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e'lon qilindi

 

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 25–26-fevral kunlari kutilayotgan yomg‘irlar natijasida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari xavfi mavjud.

 

Sel xavfi e’lon qilingan viloyatlar va tumanlar quyidagilardir:

 

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;

 

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlari;

 

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;

 

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;

 

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;

 

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;

 

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;

 

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;

 

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

 

“Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralari ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"