O'zbekiston

O‘zbekistonda soliq qonunbuzarliklari haqida xabar berganlarga 3 mlrd so‘m to‘landi

“Soliq hamkor” tizimi orqali bir oyda 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

O‘zbekistonda soliq qonunbuzarliklari haqida xabar berganlarga 3 mlrd so‘m to‘landi

 

Joriy yilning yanvar oyida Soliq qo‘mitasi tomonidan fuqarolarga “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq qonunbuzarliklari haqida xabar berganliklari uchun jami 3 milliard so‘m miqdorida rag‘bat puli to‘lab berildi.

 

Hisobot davrida tizim orqali 12 486 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 99 foiz holatda qonunbuzarliklar tasdiqlangan.

 

Shikoyatlarning asosiy qismi naqd pul cheklarini taqdim etishdan bosh tortish bilan bog‘liq bo‘lib, bu yo‘nalishda 10 879 ta murojaat qayd etilgan. Shuningdek, 510 ta holatda bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilmaslik, 34 ta holatda esa naqd pulsiz to‘lovlar uchun asossiz ravishda oshirilgan narxlar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

 

Mazkur maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan 5 mingdan ortiq joyda tekshiruvlar o‘tkazilgan va 4 782 nafar xabar beruvchiga undirilgan jarimalarning 20 foizi miqdorida rag‘batlantirish mablag‘lari ajratilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"