O'zbekiston

O'zbekistonda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilandi

Toshkentda Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etiladi, Samarqand esa qator nufuzli xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi.

O'zbekistonda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilandi

 

Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilayotgan yoshlar bilan muloqot davomida, joriy yilda Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahrida Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti hamda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilishi e’lon qilindi.

 

Prezident ta’lim tizimida sifatni oshirish, yangi metodika va innovatsiyalarni joriy etish masalasiga alohida to‘xtalib, “Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”, – deya ta’kidladi.

 

Dunyoda yoshlar ongini egallashga qaratilgan turli tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.

 

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilandi. Shu kuni mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni tinglaydi hamda ularning muammolarini joyida hal etadi.

 

Shuningdek, hokimlar tomonidan yoshlarbop savdo-servis loyihalari amalga oshiriladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va xorijiy til o‘rganishi, ishga joylashishi yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun ko‘maklashiladi. Startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, alohida mablag‘ va grantlar ajratiladi.

 

Bundan tashqari, eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor hamda ma’naviyat va boshqa yo‘nalishlarda faol yoshlar o‘rtasida tanlovlar va yarmarkalar tashkil etilishi belgilandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"