O'zbekiston

O‘zbekiston ulamolari prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yo‘lladi

Maktubda “Vaqf” fondiga 750 milliard so‘m, Ijtimoiy himoya agentligi orqali 300 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi, masjidlarda xatmi Qur’onlarning tizimli tashkil etilishi va yirik ma’rifiy loyihalar e’tirof etildi.

O‘zbekiston ulamolari prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yo‘lladi

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a’zolari va taniqli ulamolar ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik va minnatdorlik maktubi yo‘lladi.

 

Maktubda davlat rahbarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlari, ramazonda ehtiyojmandlarga ajratgan mablag‘lari va diniy sohadagi islohotlari alohida qayd etilgan. Xususan, 16-fevral kuni ramazon oyida ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilingan “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m, Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali esa 300 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi to'g'risidagi qarorlari minglab oilalar uchun katta ko‘mak bo‘lgani ta'kidlangan.

 

Ulamolar shuningdek, mamlakatda 2000 dan ziyod masjidlarda xatmi Qur’onlarning tizimli tashkil etilishi, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazi kabi ma’rifiy loyihalar amalga oshirilayotganini ham e'tirof etilgan.

 

Maktub so‘ngida prezidentga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, yurt tinchligi, xalq farovonligi va ramazon oyining barakoti uchun duolar qilingan.

 

Maktub muftiy — shayx Nuriddin Xoliqnazar, shayx Abdulaziz Mansur, Rahmatullo qori Obidov, Homidjon domla Ishmatbekov, Zayniddin domla Eshonqulov, shayx Rahmatulloh Termiziy, Rahimberdi domla Rahmonov, shayx Alijon qori Haydarov, Ismoil Muhammad Sodiq, Muhammadayubxon domla Homidov, Habibulloh qori Abdurazzoqov va barcha hududlardagi bosh imom-xatiblar nomidan yo‘llangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"