O'zbekiston

“Nimaga oylik olyapti” — Prezident rektorlarni keskin tanqid qildi

Davlat rahbari oliygoh bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash bo‘yicha yetarli natija yo‘qligini taʼkidlab, rektorlarni qatʼiy ogohlantirdi.

“Nimaga oylik olyapti” — Prezident rektorlarni keskin tanqid qildi

 

“Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilgan yoshlar bilan muloqotda Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim tizimidagi mavjud muammolar, xususan taʼlim sifati va bitiruvchilar bandligi masalalariga alohida to‘xtalib, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari faoliyatini keskin tanqid qildi.

 

Davlat rahbari o‘z nutqida bir necha yil davomida faoliyat yuritib, talabalarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha yetarli natijaga erishmagan rektorlar masʼuliyati masalasini ko‘tardi. Prezident, oliygohda tahsil olgan har bir talabaning kelajakda band bo‘lishi muhim vazifa ekanini taʼkidladi.

 

Shuningdek, mamlakatdagi 157 ta oliy taʼlim muassasasidan atigi 12 tasi bitiruvchilar bilan amaliy loyihalar asosida ishlayotgani, jumladan, bank kreditlari orqali 100 nafardan ortiq talabani tadbirkorlikka yo‘naltirgani maʼlum qilindi.

 

“Qolgan rektorlar qayerga qarab o‘tiribdi? Nimaga oylik olyapti? Nimaga vijdoni bo‘lsa, 50 foiz oyligini kassaga topshirmaydi, davlatga? Vijdonimiz ham qolmadi”, dedi davlat rahbari.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"