O'zbekiston

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston, barcha viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

 

“Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti boshlandi. Mazkur uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

 

Ta’kidlanganidek, mamlakatda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda o‘g‘il-qizlar jahon fan olimpiadalarida yuksak natijalarga erishib, 66 ta oltin, 147 ta kumush va 221 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 

Bugungi kunda iqtidorli yoshlar dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari, jumladan Harvard University, Yale University, Princeton University, Columbia University va Cornell Universityda tahsil olmoqda. Ushbu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlar soni 500 nafardan oshgan bo‘lsa, TOP-100 talikka kiruvchi universitetlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 3,5 ming nafardan ortdi.

 

Shuningdek, yangilikka intiluvchan yoshlar tomonidan yaratilgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bozorlariga muvaffaqiyatli kirib bordi.

 

Yosh sportchilar ham xalqaro arenalarda yurt sha’nini munosib himoya qilib, 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda yosh tadbirkorlar mamlakatdagi biznes vakillarining qariyb 35 foizini tashkil etmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"