O'zbekiston

Jizzaxda Cobalt haydovchilari Hyundai avtomobilini to‘xtatib, ichidagi tadbirkorlarni kaltakladi

Hodisa oqibatida uch kishi tan jarohati olgan, shuningdek, avtomashinaga ham zarar yetkazilgan.

Jizzaxda Cobalt haydovchilari Hyundai avtomobilini to‘xtatib, ichidagi tadbirkorlarni kaltakladi

 

Joriy yilning 14-fevral kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq holat yuz berdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita Cobalt rusumli avtomashina Hyundai rusumli avtomobilni yo‘l chetiga qisib to‘xtatgan va bir guruh notanish shaxslar mashinaga kelib, haydovchi hamda yo‘lovchilarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatgan.

 

Oqibatda Qarshi shahri hamda Qarshi tumanida yashovchi, 1982, 1987 va 1989-yillarda tug‘ilgan tadbirkorlarga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilib, avtomashinaning o‘ng tomondagi ko'rsatkichi va old yon oynasi sindirilgan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar aniqlangan. Ular orasida Toshkent shahrining Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi, 1990–2004-yillarda tug‘ilgan jami 7 nafar fuqaro borligi ma’lum qilingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi uchinchi qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchilardan uch nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"