O'zbekiston

G‘allaorol hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi 6700 dollar olganida ushlandi

U fermer xo‘jaligiga tegishli 11 gektar yer maydonini sotish va hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

G‘allaorol hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi 6700 dollar olganida ushlandi

 

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yer maydonini noqonuniy sotish bilan bog‘liq korrupsion holat aniqlandi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi o‘zining o‘g‘liga tegishli fermer xo‘jaligining 11 gektar yer maydonini xaridorga 11 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. U kelishuv doirasida oldindan 5 ming AQSh dollar olgan.

 

Shuningdek, u yerga oid tegishli hujjatlarni hokimlik hamda kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga qolgan 6 ming AQSh dollari va qo‘shimcha 700 AQSh dollari, jami 6700 AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"