O'zbekiston

O‘zbekistonda oliy toifali pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi ajratiladi

Buning uchun pedagog oliy malaka toifasiga va kamida 15 yil stajga ega bo‘lishi kerak.

O‘zbekistonda oliy toifali pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi ajratiladi

 

O‘zbekistonda oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega hamda kamida 15 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish tartibi joriy etildi.

 

Vazirlar Mahkamasining 19-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, mazkur toifadagi pedagoglarga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

Subsidiyani olish uchun pedagoglar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirishlari mumkin. Arizalar elektron shaklda ko‘rib chiqiladi hamda talabgor haqidagi maʼlumotlar — fuqaroligi, pedagogik ish staji, oliy malaka toifasi, daromadlari va kredit tarixi — tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda tekshiriladi. Bunda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Ijtimoiy mezonlarga muvofiq deb topilgan talabgorlar bo‘yicha subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida elektron xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng pedagog ishtirok etuvchi tijorat bankini mustaqil tanlab, birlamchi uy-joy bozoridan ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kredit ajratish masalasi bank tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, keyinchalik notarial shartnoma rasmiylashtiriladi.

 

Qarorga ko‘ra, subsidiya bir oilaga (er yoki xotindan biriga) faqat bir marotaba beriladi va faqat birlamchi uy-joy bozoriga tatbiq etiladi. 2026 yilda ushbu yo‘nalish uchun davlat budjetidan 200 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, subsidiyalarni ajratish jarayoni maxsus elektron platformalar orqali shaffof, avtomatlashtirilgan va ochiq tartibda amalga oshiriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"