O'zbekiston

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari 2026-yil 1-iyulgacha eʼlon qilinadi

Yakuniy rasmiy statistik maʼlumotlar esa 2027-yil 1-iyulgacha taqdim etiladi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari 2026-yil 1-iyulgacha eʼlon qilinadi

 

Hozirgi vaqtda mamlakatda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi — anʼanaviy usulda, yaʼni xonadonma-xonadon yurib maʼlumot to‘plash jarayonlari davom etmoqda. Mazkur umumrespublika tadbiri doirasida keng ko‘lamli statistik maʼlumotlar yig‘ilib, ularni qayta ishlash, tekshirish va tahlil qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

Mutaxassislar taʼkidlashicha, ro‘yxatga olish natijalarini eʼlon qilish jarayoni to‘plangan maʼlumotlar hajmi katta bo‘lgani sababli maʼlum vaqtni talab etadi. Xalqaro tajribada ham shunga o‘xshash tadbirlarda yakuniy natijalarni qayta ishlash va eʼlon qilish 2–3 yilgacha davom etishi kuzatilgan.

 

Shu bilan birga, O‘zbekistonda maʼlumotlarni kiritish bosqichidayoq zamonaviy mantiqiy nazorat mexanizmlari joriy etilgan. Real vaqt rejimidagi ogohlantirish tizimi orqali yuzaga keladigan xato va kamchiliklar darhol aniqlanib, tezkor tarzda bartaraf etilmoqda. Bu esa umumiy qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

 

Mazkur yondashuv asosida aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalarini 2026-yil 1-iyulgacha eʼlon qilish rejalashtirilgan. To‘liq tahlil qilingan, yakuniy va rasmiy statistik maʼlumotlarni esa 2027-yil 1-iyulgacha jamoatchilikka taqdim etish ko‘zda tutilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"