O'zbekiston

Navoiyda noqonuniy saqlanayotgan 1100 dona patron musodara qilindi

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va shaxsga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Navoiyda noqonuniy saqlanayotgan 1100 dona patron musodara qilindi

 

Navoiy viloyati, Konimex tumanida Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli “Onix” rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilgan. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Tekshiruv natijasida avtomashina yukxonasida 500 dona 5,6 mm kalibrli otish uchun yaroqli patronlar topilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Shuningdek, tadbir davomida shaxsning yashash xonadonidan 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlar topilgan. Shu tariqa, jami 1100 dona patron noqonuniy saqlanayotganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi (o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va qurilmalarning qonunga xilof muomalasi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va shaxsga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, barcha dalillar rasmiy tartibda yig‘ilmoqda va tergov jarayonida qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"