O'zbekiston

Qozog‘istonda yo‘lda qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Qutqaruvchilar qirg'iz, qozoq va o'zbekistonlik 13 nafar yo‘lovchini isitish punktiga joylashtirib, ularga zarur yordam ko‘rsatgan.

Qozog‘istonda yo‘lda qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

 

Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi Ostona–Petropavlovsk avtomagistralida dvigatel nosozligi sababli favqulodda to‘xtab qolgan shaharlararo avtobus yo‘lovchilari qutqaruv xizmatlari tomonidan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, Petropavlovsk shahridan Chimkent yo‘nalishida harakatlangan avtobus Makinsk shahri hamda Makinka qishlog‘i (Aqmola viloyati) oralig‘ida texnik nosozlik tufayli yo‘lda qolib ketgan. Avtobus salonida jami 13 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ular orasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 7 nafar Qirg‘iziston fuqarosi va 3 nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.

 

Hodisa yuzasidan Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor ravishda voqea joyiga yetib borib, barcha yo‘lovchilarni xavfsiz tarzda evakuatsiya qilgan. Yo‘lovchilar Makinsk shahridagi isitish punktiga joylashtirilib, ularga zarur yordam ko‘rsatildi hamda issiqlik bilan ta’minlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"