O'zbekiston

Surxondaryoda hokim o'rinbosari, Namanganda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Jarqo‘rg‘onda hokim o‘rinbosari 90 mln so‘m, Chustda esa hokim yordamchisi 23 ming dollar talab qilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda hokim o'rinbosari, Namanganda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Surxondaryo va Namangan viloyatlarida mansabdor shaxslarning korrupsion holatlarga aloqador noqonuniy harakatlari aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda hokimlik zaxirasidagi 9 gektar yer maydonini Sherobod tumanida yashovchi fuqaroga poliz ekinlari yetishtirish uchun 4 oy muddatga ijaraga berish evaziga 90 million so‘m talab qilgan. U joriy yil yanvar oyida ushbu mablag‘ning 30 million so‘mini olgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs qolgan 60 million so‘mni Termiz shahridagi umumiy ovqatlanish shaxobchalaridan birida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Shuningdek, Namangan viloyati Chust tumanida ham mansabdor shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Tuman hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi 2022-yilda “Sadaqa” kichik sanoat zonasi hududidan qarindoshiga ajratilgan 43 sotix yer maydonining 20 sotix qismini hokimiyatdagi tanishlari orqali boshqa fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 23 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

U oldindan 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"