O'zbekiston

Narkotik moddalar kontrabandasi bilan shug'ullangan shaxslar 15 yilga qamaldi

Ular 60 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari bilan ushlangan.

Narkotik moddalar kontrabandasi bilan shug'ullangan shaxslar 15 yilga qamaldi

 

Giyohvandlik vositalari kontrabandasi va noqonuniy savdosiga qarshi kurashish doirasida 2025-yil avgust oyida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, shuningdek viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

Tadbir davomida 2005 va 2006-yillarda tug‘ilgan ikki nafar mahalliy fuqaro davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tib, Tojikiston Respublikasidan 20 kg 374 gr “opiy” hamda 41 kg 668 gr “gashish” moddalarini olib kelayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Tezkor tadbirlar izchil davom ettirilib, mazkur shaxslarning jinoiy sheriklari – Uzun tumanida yashovchi 2000 va 2004-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro hamda ushbu jinoyatning buyurtmachisi hisoblangan, Denov shahrida istiqomat qiluvchi 2000-yilda tug‘ilgan shaxs ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmiga ko‘ra, qonunbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan aybli deb topildi.

 

Sud hukmiga muvofiq, ularning har biriga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"