O'zbekiston

Farg‘onada 9-sinf o'quvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Gumondor buvisining chaqiruviga asosan borgan profilaktika inspektori bilan o‘zaro tortishib qolgan.

Farg‘onada 9-sinf o'quvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

 

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Zamon.uzga ma’lum qilishicha, joriy yil 18-fevral kuni soat 11:50 larda Qo‘qon shahar prokuraturasiga shahar IIB navbatchilik qismidan profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazilgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon shahri “Sadoqat” MFY, Birlik ko‘chasida yashovchi, 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro o‘z yashash xonadoniga o'zining buvisi chaqiruviga asosan borgan profilaktika inspektori bilan oshxonada o‘zaro tortishib qolgan.

 

Aniqlanishicha, yuzaga kelgan kelishmovchilik davomida voyaga yetmagan shaxs profilaktika inspektori orqa tomoni bilan turgan holatdan foydalanib, stol ustida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qafasining orqa chap qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

 

Tibbiy muassasa tomonidan berilgan dastlabki xulosaga ko‘ra, jabrlanuvchiga “ko‘krak qafasining chap orqa sohasi sanchilgan-kesilgan, plevra bo‘shlig‘iga kirib borgan jarohat, chap tomonlama gemopnevmotoraks, tashqi va ichki qon ketish” tashxisi qo‘yilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan 2026-yil 18-fevral kuni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"