O'zbekiston

Ramazon oyida 2000 dan ortiq masjidning elektr ta’minoti doimiy nazoratga olinadi

Har bir masjidga alohida energetik mutaxassis biriktirildi.

Ramazon oyida 2000 dan ortiq masjidning elektr ta’minoti doimiy nazoratga olinadi

 

 

Oʻzbekiston Energetika vazirligi tomonidan muqaddas Ramazon oyi davomida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

 

Maxsus yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Oʻzbekiston hududi bo‘ylab 2000 dan ortiq masjidlarda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida taqsimlash tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Qarorga muvofiq, taroveh namozlari o‘qiladigan har bir masjidga bittadan mas’ul energetik mutaxassis biriktirildi.

 

Doimiy nazoratni ta’minlash maqsadida 24 soatlik monitoring tizimiga jami 2547 nafar muhandislik-texnik xodim jalb etildi. Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish uchun 210 ta maxsus brigada shakllantirilib, ular 250 ta maxsus texnika va uskunalar bilan ta’minlandi.

 

Elektr uzilishlari xavfini kamaytirish maqsadida masjidlarni elektr bilan ta’minlaydigan taqsimlash tarmoqlari to‘liq texnik auditdan o‘tkazildi. Shuningdek, ehtimoliy favqulodda holatlarda uzluksiz ta’minotni saqlab qolish uchun muhim obyektlarga dizel generatorlari joylashtirilmoqda.

 

Avvalroq Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratilishi rejalashtirilgani haqida ham ma’lum qilingan edi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"