O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan axborot bilan tanishdi

2025-yilda qasamyod va odob-axloq talablarini buzgan 19 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan, 3 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan, 266 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan axborot bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Sudyalar oliy kengashi raisining sud tizimida odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan taqdim etilgan axboroti bilan tanishdi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq, kengash raisi yil yakunlari bo‘yicha ushbu masalalar yuzasidan davlat rahbariga axborot taqdim etadi.

 

Davlat rahbarining 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarga xiyonat ekani ta’kidlanib, joriy yilda ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilingani qayd etilgan. Shu bois sudlar davlat hokimiyatining alohida bo‘g‘ini sifatida korrupsiyadan xoli tizimga aylanishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

 

Sud mustaqilligini ta’minlash va sudyalarni tashqi bosimlardan himoya qilish Sudyalar oliy kengashining muhim vazifalaridan hisoblanadi. 2025-yilda qabul qilingan alohida farmonga muvofiq, kengash vakolatlari kengaytirildi. Shuningdek, sud tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Kengash huzurida Odil sudlov akademiyasi tashkil etildi.

 

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yilda 135 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan, 286 nafar sudya qayta tayinlangan, 241 nafardan iborat tergov sudyalari korpusi shakllantirilgan. Shu bilan birga, 59 nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatilgan. Jumladan, qasamyod va odob-axloq talablarini buzgan 19 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan, 3 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan, 58 nafar sudyaning lavozimi pasaytirilgan.

 

Shuningdek, 266 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan, sudya vakolati muddati tugagan 33 nafar sudya keyingi faoliyat uchun noloyiq deb topilgan.

 

Sud faoliyatiga aralashuv holatlari bo‘yicha Bosh prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritilgan. Sudya daxlsizligi buzilishi holatlari yuzasidan tezkor xabar berish imkoniyati kengash rasmiy veb-saytida joriy etilgan.

 

Hududiy sudlar raislari tomonidan chiqarilgan 6 mingdan ortiq buyruq o‘rganilib, 231 ta buyruqda 314 nafar sudyaga odil sudlov bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar yuklatilgani aniqlangan va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

 

Shu munosabat bilan sudyalarni o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etish maqsadida “sud ma’murchiligi” institutini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, sudyalarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llashning xolis mexanizmini yaratish uchun Sudyalar intizomiy hay’atini tashkil etish taklif etildi.

 

Sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish, sud apparati xodimlari uchun komplayens nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ishga qabul qilishning ochiq mexanizmini yaratish tashabbuslari ilgari surildi.

 

Bundan tashqari, sud tizimida gender tenglikni ta’minlash masalalari ham muhokama qilinib, 10-mart — Xalqaro ayol sudyalar kunini nishonlash bo‘yicha rejalar belgilandi.

 

Prezident bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, sud hokimiyati mustaqilligi, sudyalar daxlsizligini ta’minlash hamda odil sudlovga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"