O'zbekiston

Farg‘onada rossiyalik pensionerlarni millionlab rublga aldagan 34 kishilik jinoiy guruh fosh etildi

40 yoshli fuqaro rahbarlik qilgan guruh Farg‘ona va Toshkentda binolarni ijaraga olib, “Call-markaz” niqobi ostida faoliyat yuritgan va keksaygan fuqarolardan firibgarlik yo‘li bilan pul undirish bilan shug'ullangan.

Farg‘onada rossiyalik pensionerlarni millionlab rublga aldagan 34 kishilik jinoiy guruh fosh etildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xalqaro miqyosda katta miqdorda pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan 34 kishilik tashkilotli jinoiy guruh fosh qilindi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Farg‘ona shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro rahbarlik qilgan guruh Farg‘ona va Toshkent shaharlari hududida binolarni ijaraga olib, “Call-markaz” niqobi ostida faoliyat yuritgan. Ular axborot texnologiyalari vositasida Rossiya Federatsiyasida dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning 70 mingdan ortiq mijozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan.

 

Shundan so‘ng, guruh a’zolari SIP telefoniya va Zoiper ilovalari orqali asosan keksaygan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va bank xodimlari sifatida tanishtirib, noto‘g‘ri tarzda kompaniya tomonidan sifatsiz mahsulotlar sotilgani va ularga kompensatsiya to‘lanishi lozimligini aytgan. Jabrlanuvchilarni 5 mingdan 20 ming rubgacha miqdorda soliq to‘lashga ishontirgan va natijada ular turli bank plastik kartalari orqali jami 9.599.561 rubllik mablag‘ni o‘tkazib bergan.

 

Shuningdek, jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi cryptocurrency savdosi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatsiz faoliyat olib borib, 470 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ aylanmasini amalga oshirgan. Bu Prezident qarori va cryptocurrency faoliyatini tartibga soluvchi qonun talablariga zid hisoblanadi.

 

Jinoiy ishlar bo‘yicha Yozyo‘von tuman sudi tomonidan guruh a’zolarining tegishliligi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168, 243, 278-7 va 278-8 moddalariga muvofiq hukm chiqarilib, ularning 21 nafari 3 yil 6 oydan 9 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilindi. Qolgan 13 nafar shaxs 4 yil 3 oydan 4 yil 6 oyga qadar ozodlikni cheklash jazosiga tortildi. Ularga jarimalar ham qo‘llanildi.

 

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilib beriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"