O'zbekiston

Tijorat banklari va to‘lov tizimlariga kiberhujum bo‘lmagan — Markaziy bank

Kiberhujumlar haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar rad etildi.

Tijorat banklari va to‘lov tizimlariga kiberhujum bo‘lmagan — Markaziy bank

 

3-fevral kuni ayrim internet manbalarda davlat tizimlaridan fuqarolarga oid maʼlumotlar sizdirilgani haqida xabarlar berilgan edi.

 

Mazkur xabarlar fonida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlarining axborot tizimlariga kiberhujum uyushtirilgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Markaziy bank mazkur maʼlumotlarni rad etdi.

 

Markaziy bank matbuot xizmati bildirishicha, hozirgi vaqtga qadar tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimi operatorlarining axborot tizimlariga nisbatan kiberhujum sodir etilgani qayd etilmagan.

 

Shu munosabat bilan fuqarolardan quyidagilarga qatʼiy amal qilish so‘raldi:

  • nomaʼlum va shubhali manbalar orqali tarqatilayotgan havolalarga kirmaslik;
  • shaxsiy maʼlumotlar, jumladan bank karta rekvizitlari, SMS-kodlar va parollarni hech kimga bermaslik;
  • faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilingan axborotlarga ishonish;
  • shubhali holatlarga duch kelinganda tegishli vakolatli organlarga murojaat qilish.

 

Bu borada Kiberxavfsizlik markazi o‘rganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi o‘z axborot tizimlarining xavfsizligi to‘liq taʼminlanganini, tashqi kirish holatlari aniqlanmaganini bildirgan edi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"