O'zbekiston

Toshkentdagi savdo markazida katta yong'in sodir bo'ldi

Yong‘in shaxsan favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida bartaraf etilmoqda. Fuqarolar evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentdagi savdo markazida katta yong'in sodir bo'ldi

 

Bugun, 31-yanvar kuni soat 15:47 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida joylashgan “Aviyator Karzinka” savdo binosida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga asosan, qutqaruv va yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borgan. Hodisa sodir bo‘lgan binodan barcha fuqarolar zudlik bilan evakuatsiya qilingan, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in shaxsan favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida bartaraf etilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"