O'zbekiston

2025-yilda fuqarolik sudlari tomonidan 1,5 mln.dan ortiq sud buyrug‘i chiqarildi

Fuqarolik nizolari eng ko‘p Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Andijon viloyatlarida qayd etilgan.

2025-yilda fuqarolik sudlari tomonidan 1,5 mln.dan ortiq sud buyrug‘i chiqarildi

 

2025-yil yakunlariga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 1 519 814 ta sud buyrug‘i chiqarilib, 10,8 trillion so‘mdan ortiq majburiy to‘lovlarni undirish belgilangan. Ushbu to‘lovlar voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimlarga asoslangan hamda qarzdor tomonidan tan olingan talablar, shuningdek, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hisobot davrida 649 652 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan. Shundan 506 135 tasi bo‘yicha daʼvo talablari qanoatlantirilgan, 76 138 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirish rad etilgan, 60 373 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan, 7 006 ta ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.

 

Fuqarolik nizolari eng ko‘p Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Andijon viloyatlarida qayd etilgan.

 

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlarining asosiy qismini:

  • 206 399 tasi bitimlar (oldi-sotdi, kredit, qarz va boshqalar),
  • 70 535 tasi nikohdan ajratish,
  • 26 960 tasi uy-joy munosabatlari,
  • 19 914 tasi alohida toifadagi ishlar,
  • 12 982 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki inshootlarni buzish bilan bog‘liq ishlar tashkil etadi.

 

Nikohdan ajratishga oid ishlar tahliliga ko‘ra, 37 544 ta ish bo‘yicha nikoh bekor qilingan, 24 244 ta ish bo‘yicha daʼvolar rad etilgan, 6 239 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 508 ta ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"