O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bojxona xizmati xodimlariga tabrik yo'lladi

2025-yilda bojxona organlari tomonidan 76,2 trillion so‘m to‘lov undirilib, 1,8 tonna giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bojxona xizmati xodimlariga tabrik yo'lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan barcha bojxona xodimlarini, ofitser va generallarni, shuningdek soha faxriylari va tajribali xodimlarni samimiy qutladi.

 

Davlat rahbari tabrik so‘zida mustaqillik yillarida bojxona organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, milliy manfaatlarni himoya qilish va chegaralarni daxlsiz saqlashda ishonchli tayanch bo‘lib kelganini alohida ta’kidladi. Yangi O‘zbekiston sharoitida bojxona tizimi zamonaviy, ochiq va samarali tizimga aylangan, raqamlashtirish, byurokratiya kamaytirish va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

2025-yilda:

  • 76,2 trillion so‘m bojxona to‘lovlari undirilib, byudjet daromadlaridagi ulushi 25 foizga yetdi,
  • 1,2 trillion so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi,
  • 1,8 tonna giyohvandlik va 1,1 tonna psixotrop moddalar noqonuniy muomalasidan himoya qilindi,
  • Deklaratsiyalarning 20 foizi inson omilisiz amalga oshirildi, rasmiylashtirish vaqti 40 foizga qisqartirildi.

 

Shuningdek, Prezident bojxona laboratoriyasi va kinologiya markazining mintaqaviy filial maqomiga ega bo‘lishi, Bojxona institutining “PICARD” dasturi standartlari bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tishi, idoraning Audit qo‘mitasi a’zoligiga saylanishi kabi yutuqlarni alohida qayd etdi.

 

Davlat rahbari xodimlarni sohani rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va mehnatni rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi, shuningdek, xizmat chog‘ida halok bo‘lgan mard xodimlar xotirasini hurmat bilan yodga oldi.

 

Shavkat Mirziyoyev barcha bojxona xodimlariga mustahkam sog‘liq, xonadonlarga fayz-baraka va sharafli xizmatlarida yangi yutuqlar tiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"