O'zbekiston

Buxoro shahrida avtobuslarda naqd pul qabul qilish bosqichma-bosqich to‘xtatiladi

2026-yil 1-fevraldan ayrim yo‘nalishlarda, 1-apreldan esa barcha avtobuslarda faqat elektron to‘lov qabul qilinadi.

Buxoro shahrida avtobuslarda naqd pul qabul qilish bosqichma-bosqich to‘xtatiladi

 

Buxoro shahridagi jamoat transportida yo‘l haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimining 24-yanvardagi qarorida belgilandi.

 

Qarorga muvofiq, jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 2026-yil 1-fevraldan boshlab quyidagi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lkira faqat elektron to‘lov tizimi orqali qabul qilinadi:

  • 2-sonli Buxoro ASHB — Sitora bozor,
  • 5-sonli F. Xo‘jayev MFY — To‘qimachi bosh bekati,
  • 10-sonli Alpomish ko‘chasi — Shayxon MFY,
  • 17B-sonli Chorbakr bosh bekati — Aeroport,
  • 19-sonli Karvon bozori — Karvon shopping,
  • 33-sonli Trikotaj fabrikasi — Mohi Xosa sanatoriyasi,
  • 1-sonli Buxoro ASHB — Zarmanoq yo‘nalishlari.

 

Ikkinchi bosqichda esa 2026-yil 1-apreldan boshlab shahardagi barcha mavjud avtobus yo‘nalishlarida yo‘l to‘lovlari faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Buxoro shahar hokimligiga bir oy muddatda shahardagi avtobus bekatlariga elektron chipta sotish uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarni bosqichma-bosqich o‘rnatish vazifasi yuklatilgan.

 

Shuningdek, barcha avtobuslar validatorlar bilan jihozlanadi hamda yo‘l haqi ATTO avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi orqali to‘lanishi doimiy nazoratga olinadi. Hozirda Buxoro shahrida bir yo‘lovchi uchun yo‘l narxi 3 ming so‘mni tashkil etadi, ATTO orqali to‘lov amalga oshirilganda esa 2 ming so‘m etib belgilangan.

 

Ma’lumot uchun, Andijon shahrida 2026-yildan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatilgan edi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"