O'zbekiston

“Metallurg” yangi davrni boshladi: klub rasman qayta tiklandi

“Metallurg” futbol klubi 1945-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston futbolida boy tarix va an’analarga ega. Jamoa turli yillarda Superliga va birinchi liga musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, 2002-yilda Superligada 5-o‘rinni egallab, o‘zining eng samarali mavsumlaridan birini o‘tkazgan.

“Metallurg” yangi davrni boshladi: klub rasman qayta tiklandi

 

23-yanvar Bekobod shahrida “Metallurg” professional futbol klubining rasmiy qayta tashkil etilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda klubning yangi faoliyat bosqichi, strategik rivojlanish rejalari va kelajakdagi maqsadlari jamoatchilikka taqdim etildi.

 

Tadbirda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Abdullayev so‘zga chiqib, “Metallurg” klubining O‘zbekiston futbolidagi tarixiy o‘rni, Bekobod shahri sport hayotidagi ahamiyati va uni qayta tiklash qarorining strategik zarurati haqida ma’lumot berdi. U “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida sport va yoshlarni sportga keng jalb etish ustuvor yo‘nalish etib belgilanganini ta’kidlab, ushbu tashabbus ana shu davlat siyosatiga amaliy hissa ekanini qayd etdi.

 

     

 

Qayta tashkil etish qarori jamoatchilik fikriga tayangan holda qabul qilingan bo‘lib, o‘tkazilgan so‘rovnomalarda minglab bekobodliklar va kombinat xodimlari klub faoliyatini qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlagani ma’lum qilindi. Shundan kelib chiqib, “Metallurg” yana xalq ishonchini oqlaydigan professional jamoaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Tadbir davomida klubning yangi bosh direktori Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich hamda bosh murabbiyi Mo‘minjonov Ilhom Ibrohimjonovich rasman tanishtirildi. Yangi murabbiy jamoani Proliga darajasida barqaror ishtirok etishga tayyorlash, kelgusida esa Superliga uchun raqobatbardosh jamoa shakllantirishni asosiy maqsad sifatida belgiladi.

 

       

 

Klub rahbariyatining ma’lum qilishicha, “Metallurg” uzoq muddatli strategiya asosida faoliyat yuritadi. Bu strategiya doirasida respublika bo‘ylab iqtidorli yosh futbolchilar tanlab olinib, Bekoboddagi futbol akademiyasida tayyorlanadi va kelgusida yetakchi xorijiy klublarga transfer qilinadi. Bu esa klubning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Shuningdek Stadion va infratuzilma masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Klubga tegishli barcha maydonlar va stadionlar ta’mirlanib, O‘zbekiston va xalqaro futbol tashkilotlari talablari darajasiga keltirilishi rejalashtirilgan. Proliga uchrashuvlari Bekobod shahrida o‘tkazilishi, jamoa yig‘inlari esa vaqtincha Toshkent shahrida tashkil etilishi ma’lum qilindi.

 

Quvonarli jihati , klub faoliyati to‘xtatilgan davrda ishsiz qolgan xodimlar faoliyati qayta tiklanmoqda. Hozirda mahalliy murabbiylar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, yoshlar jamoalari shakllantirilmoqda. Mashg‘ulotlar 26-yanvardan boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, seleksiya ishlari sport va texnik direktorlar bilan hamkorlikda olib boriladi.

 

Yangi mavsumda jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida mahalliy va xorijiy futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ayrim futbolchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishilgan bo‘lib, ular bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish ko‘zda tutilgan. Legioner futbolchilar ham jamoani Superliga darajasiga tayyorlash maqsadida bosqichma-bosqich jalb etiladi.

 

Tadbirda O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillarining ishtiroki sport turlari o‘rtasidagi hamkorlik va birdamlikning yorqin namunasi sifatida qayd etildi. Bu hamkorlik kelgusida “Metallurg”ning sport maydonlaridagi muvaffaqiyatlariga qo‘shimcha turtki bo‘lishi ta’kidlandi.

 

Ma’lumot uchun, “Metallurg” futbol klubi 1945-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston futbolida boy tarix va an’analarga ega. Jamoa turli yillarda Superliga va birinchi liga musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, 2002-yilda Superligada 5-o‘rinni egallab, o‘zining eng samarali mavsumlaridan birini o‘tkazgan. Klub ko‘plab iqtidorli futbolchilarni yetishtirib, mamlakat futboli rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

 

Bugundan boshlab “Metallurg” futbol klubi o‘z tarixidagi yangi sahifani ochmoqda. Klub rahbariyati oldiga qo‘yilgan maqsad — Bekobod sha’nini, O‘zbekiston futbolining nufuzini va yoshlar kelajagini birlashtirgan kuchli, shaffof va barqaror jamoani yaratishdir.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"