O'zbekiston

Farg‘ona vodiysida kuchli qor yog‘ishi sabab bir nechta aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

Namangan yo‘nalishidagi ayrim reyslar Toshkent, Samarqand va O‘sh aeroportlariga qo‘ndirildi.

Farg‘ona vodiysida kuchli qor yog‘ishi sabab bir nechta aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

 

Farg‘ona vodiysida kuzatilgan kuchli qor yog‘ishi sababli bir nechta aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston aeroportlari” AJ matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli ayrim reyslar ekipajlari xavfsizlik choralarini inobatga olib, zaxira aerodromlarga qo‘nish haqida qaror qabul qilgan.

Xususan:

  • Irkutsk – Andijon yo‘nalishidagi S7 Airlines aviakompaniyasining S76311 reysi O‘sh shahridagi muqobil aerodromga yo‘naltirilib, mahalliy vaqt bilan 00:01 da qo‘ngan;
  • Jidda – Namangan yo‘nalishidagi Air Samarkand aviakompaniyasining 9S5010 reysi Samarqand aeroportiga, 00:27 da qo‘ngan;
  • Yekaterinburg – Namangan yo‘nalishidagi Ural Airlines aviakompaniyasining U62963 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga, 00:40 da qo‘ngan;
  • Samara – Namangan yo‘nalishidagi “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning HY9806 reysi Toshkent aeroportiga, 04:11 da qo‘ngan;
  • Medina – Namangan yo‘nalishidagi FlyOne Asia aviakompaniyasining 7Q4452 reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga, 06:05 da qo‘ngan.

 

Ayni paytda Namangan xalqaro aeroporti odatiy ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"