O'zbekiston

O‘zbekistonda sun’iy intellekt orqali shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash uchun jarimalar joriy etildi

Shaxsiy ma’lumotlarni roziliksiz qayta ishlash 20,6 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha jarimaga sabab bo'ladi.

O‘zbekistonda sun’iy intellekt orqali shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash uchun jarimalar joriy etildi

 

O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yangi tartiblarga ko‘ra, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz internet tarmog‘i, ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya kanallari orqali qayta ishlash yoki tarqatish holatlariga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan 20 million 600 ming so‘mdan 41 million 200 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan texnik vositalar musodara qilinadi.

 

Qonunda inson huquqlari va erkinliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi huquqiy ahamiyatga ega qarorlar faqat sun’iy intellekt tizimlarining xulosalari asosida qabul qilinishi mumkin emasligi qat’iy belgilandi.

 

Mazkur normalar shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"