O'zbekiston

Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanmasligi kerak — Markaziy bank

Ayrim banklarda kredit to‘lovlari kechiktirilganda foizlar 180 foizgacha oshirilayotgani aniqlanib, Markaziy bank bunday amaliyot bank tizimiga ishonchni pasaytirishini taʼkidladi.

Kredit kechikishi banklar uchun daromad manbaiga aylanmasligi kerak — Markaziy bank

 

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari tuzayotgan kredit shartnomalarida to‘lovlar kechiktirilgan taqdirda qo‘llanilayotgan jarima va moliyaviy sanksiyalar tahlil qilindi. O‘rganishlar natijasida ayrim banklar amaliyotida adolat va mutanosiblik tamoyillariga zid holatlar aniqlanib, ularga rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tahlil jarayonida ayrim tijorat banklarida:

  • kechiktirilgan to‘lovlar uchun hisoblanadigan foiz stavkalari shartnomada belgilangan yillik stavkadan bir necha barobarga oshib, ayrim holatlarda 150–180 foizgacha yetayotgani;
  • kredit foizlarini kech to‘lash holatlarida eng yuqori chegarasi belgilanmagan kunlik penya qo‘llanilayotgani;
  • kreditorning real xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha bir martalik jarimalar undirilayotgani aniqlangan.

 

Shuningdek, ayrim holatlarda oshirilgan foiz stavkasi, penya va bir martalik jarimalar bir vaqtning o‘zida qo‘llanilib, qarz oluvchilar zimmasiga ortiqcha moliyaviy yuk yuklanayotgani qayd etilgan. Natijada to‘lovni kechiktirish bilan bog‘liq umumiy xarajatlar kreditni o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish qiymatidan bir necha barobar oshib ketmoqda.

 

Markaziy bankning taʼkidlashicha, bunday amaliyot kreditor uchun qarzni o‘z vaqtida undirishdan ko‘ra, kechikish holatidan moliyaviy foyda olishni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy modelni shakllantirmoqda. Bu esa kredit shartlarining shaffofligi va ochiqligiga putur yetkazadi hamda qarz oluvchilarning kredit olish paytidagi real moliyaviy xavflarni to‘liq baholashiga to‘sqinlik qiladi.

 

Markaziy bank ushbu holatlar tomonlar manfaatlari muvozanatini buzishi, ijtimoiy xatarlarni kuchaytirishi, fuqarolarning murojaatlari sonini oshirishi hamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni pasaytirishi mumkinligini qayd etdi.

 

Shu munosabat bilan tijorat banklariga:

  • kechiktirilgan majburiyatlar uchun qo‘llaniladigan sanksiyalar kompensatsion xarakterga ega bo‘lishi;
  • to‘lovni kechiktirish oqibatlari qarz oluvchilar uchun oldindan aniq va tushunarli tarzda belgilanishi;
  • kredit shartnomalarida javobgarlik choralarini adolat va mutanosiblik tamoyillari asosida belgilash tavsiya etildi.
custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"