Jahon

Netanyaxu G'azo kuchlarida turk va qatar askarlariga joy yo'qligini aytdi

Isroil bosh vaziri Gʻazo kelajagi bo‘yicha AQSH rejasida ayrim davlatlar harbiy ishtirokiga qat’iy qarshi chiqdi.

Netanyaxu G'azo kuchlarida turk va qatar askarlariga joy yo'qligini aytdi

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu dushanba kuni urushdan keyingi G‘azo hududida turk yoki qatarlik askarlar uchun joy bo‘lmasligini ma’lum qildi hamda AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, Falastin hududi bo‘yicha maslahat beruvchi kengash tarkibiga Isroilning e’tirozini yana bir bor takrorladi. Bu haqda “Al-Arabiya” xabar qildi.

 

AQSH Prezidenti Donald Trampning G‘azodagi urushni yakunlashga qaratilgan 20 banddan iborat rejasiga muvofiq, Oq uy o‘tgan hafta Trampning o‘zi raislik qiladigan “Tinchlik kengashi” (Board of Peace), urushdan vayron bo‘lgan hududni boshqarishi ko‘zda tutilgan falastinlik texnokratlar qo‘mitasi hamda maslahat beruvchi rol o‘ynashi mo‘ljallangan ikkinchi tuzilma — “G‘azo ijroiya kengashi” tashkil etilishini e’lon qilgan edi.

 

Netanyaxu avval ham “G‘azo ijroiya kengashi” tarkibiga nisbatan e’tiroz bildirgan.

 

“G‘azo sektorida biz Tramp rejasining ikkinchi bosqichi arafasidamiz. Ikkinchi bosqich bitta oddiy narsani anglatadi: HAMAS qurolsizlantiriladi va G‘azo demilitarizatsiya qilinadi”, — dedi Netanyaxu parlamentda.

 

“G‘azo sektorida turk yoki qatarlik askarlar bo‘lmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u. Bu bayonot Tramp rejasi doirasida ko‘zda tutilgan G‘azo uchun Xalqaro barqarorlashtirish kuchlariga (International Stabilization Force — ISF) ishora sifatida talqin qilinmoqda.

 

Mazkur kuch tarkibiga qaysi davlatlar kontingenti kirishi hozircha aniqlanmagan. ISF G‘azoda xavfsizlikni ta’minlash hamda HAMAS o‘rniga yangi politsiya kuchlarini tayyorlash bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan.

 

Juma kuni Tramp AQSHning general-mayori Jasper Jeffersni G‘azodagi ISF rahbari etib tayinlangan edi.

 

“Bizda AQSHdagi do‘stlarimiz bilan G‘azodagi jarayonlarga hamroh bo‘ladigan maslahat kengashi tarkibi borasida muayyan kelishmovchilik mavjud”, deya qo’shimcha qildi Netanyaxu.

 

Isroil Bosh vaziri idorasi shanba kuni “G‘azo ijroiya kengashi” tarkibiga rasmiy e’tiroz bildirgan edi. Mazkur kengash tarkibiga Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Qatarlik diplomat Ali al-Savodiy (Ali al-Thawadi) hamda boshqa mintaqaviy va xalqaro rasmiylar kiritilgan.

 

“Bosh vazir tashqi ishlar vaziriga ushbu masala yuzasidan AQSH davlat kotibi bilan bog‘lanish topshirig‘ini berdi”, — deyiladi Netanyaxu idorasi bayonotida.

 

Bayonotda e’tiroz sabablari ochiqlanmagan, biroq Isroil avval ham urushdan keyingi G‘azoda Turkiyaning har qanday roliga qat’iyan qarshi chiqib kelgan. 2023-yil oktyabrida urush boshlanganidan buyon Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgan.

 

Dastlab “Tinchlik kengashi” G‘azoni qayta tiklash jarayonini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan edi, biroq uning nizomida faoliyat faqat bosib olingan Falastin hududi bilan cheklanishi ko‘zda tutilmagan.

 

Falastinlik texnokratlardan iborat qo‘mita esa o‘tgan hafta Qohirada ilk yig‘ilishlarini o‘tkazdi.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"