O'zbekiston

O‘zbekistonda dorixonalarda spirt o‘rniga losyon taklif qilinmoqda

“Sirli mijoz” tadbirida 20 dan ortiq dorixona tekshirildi va dorixonalarning qariyb 25 foizida spirt o‘rniga losyon taklif qilingani aniqlandi.

O‘zbekistonda dorixonalarda spirt o‘rniga losyon taklif qilinmoqda

 

Fuqarolardan ayrim dorixonalar faoliyatiga oid shikoyatlar kelib tushgani munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkazildi. Murojaatlarda dorixonalarda tibbiy spirt so‘ralganda, xodimlar tomonidan uning o‘rniga losyon taklif etilayotgani qayd etilgan. Bu haqda Raqobat qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

O‘rganishlar doirasida 20 dan ortiq dorixona qamrab olindi. Natijada, ularning taxminan 25 foizida xaridor spirt so‘raganida losyon berilgan holatlar aniqlangan.

 

Maʼlum qilinishicha, dori vositalarini ishlab chiqarishda GDP sertifikatlari joriy etilib, sifat nazorati kuchaytirilgan davrda ayrim ishlab chiqaruvchilar spirt uchun litsenziya olmagan holda, uning o‘rniga losyon ishlab chiqarishga o‘tgan. Bunda isteʼmolchilarga yetarli va aniq axborot berilmagani ularni chalg‘itish holatlariga sabab bo‘lgan.

 

70 foizlik tibbiy spirt sog‘liqni saqlash amaliyotida, jumladan:

  • inyeksiya oldidan terini dezinfeksiya qilishda;
  • tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilishda;
  • jarohatlarni davolashda;
  • jarrohlik amaliyotlarida keng qo‘llaniladi.

 

Losyon esa tarkibida spirt miqdori past bo‘lgan kosmetik mahsulot bo‘lib, asosan terini tozalash, ortiqcha yog‘lanishni kamaytirish va kosmetika qoldiqlarini ketkazish uchun mo‘ljallangan.

 

Mutaxassislar taʼkidlashicha, tibbiy spirt o‘rniga losyon qo‘llanishi kutilgan samara bermasligi, ayrim holatlarda esa isteʼmolchilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.

 

Mazkur holatlar isteʼmolchilarga noto‘g‘ri axborot taqdim etilishi sifatida baholanib, Raqobat qo‘mitasi tomonidan dorixonalarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tegishli xat yuborilgan.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"