O'zbekiston

Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun katta jarima belgilandi

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun katta jarima belgilandi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1019-son, 16.01.2025 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln 250 ming so‘mdan 18 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

 

Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 125 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 750 ming so‘mdan 5 mln 625 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"