O'zbekiston

Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi

Bu qo‘lyozmalar Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy ekspozitsiyasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi

 

Malayziyada Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovga mamlakatimiz madaniy merosiga oid tarixiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalari topshirildi. Bular: Abu Rayhon Beruniyning "At-Tafhim" va Abulqosim Firdavsiyning Temuriylar davrida ko‘chirilgan "Shohnoma" asarlari. Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi institutida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev ham ishtirok etdi.

 

Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov qadimiy qo‘lyozmalar nusxalarini qabul qilish jarayoni haqida fikr bildirdi:

 

"Bugungi kunda O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbuslari bilan tarixiy merosimizni o‘rganish va insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan sakkiz yil muqaddam davlatimiz rahbari farmonlariga binoan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil qilindi. Markazimizda O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini aks ettirish, yurtimizda va xorijda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy va ma’rifiy yodgorliklarni tadqiq etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini o‘rganish hamda madaniy yodgorliklarni tadqiq qilish borasida faol ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun qabul qilingan qo‘lyozma nusxalari ham markazimiz ekspozisiyasini yanada boyitadi".

 

Bu qo‘lyozmalar Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy ekspozitsiyasida namoyish etilishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida Malayziyadagi Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti xuzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan O‘zbekistonning madaniy merosiga oid tarixiy qo‘lyozmalar topilgani haqida xabar berilgandi.

 

Abu Rayhon Beruniy (973–1048) asarlari va ilmiy kashfiyotlari dunyo ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning 1197 yilda ko‘chirilgan "At-Tafhim" asari jahon ilm-fanida muhim manba sifatida e’tirof etilgan. Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma"si esa XV asrda Temuriylar davri kitobat san’ati an’analari asosida ko‘chirilgan. Asarda Kamoliddin Behzod miniatyura maktabiga xos elementlari aniqlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"