Jahon

AQShda samolyotning shassi qismida ikki kishining jasadi topildi

Hozircha ular samolyotga qanday kirib olishgani aniqlanmagan.

AQShda samolyotning shassi qismida ikki kishining jasadi topildi

 

AQShda "JetBlue" samolyotining shassi qismida ikki kishining jasadi topildi. Jasadlar Florida shtatidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida parvozdan keyingi xavfsizlik tekshiruvi vaqtida aniqlangan.

 

“Hozircha qurbonlarning shaxsi va ular samolyotga qanday kirib olishgani aniqlanmagan”, - deyiladi kompaniya bayonotida.

 

"JetBlue" voqeani "dahshatli vaziyat" deb atadi va barcha holatlarga oydinlik kiritish uchun rasmiylar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta'kidladi. "Newsweek" jurnalining aniqlik kiritishicha, hodisa Nyu Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportdan uchayotgan samolyot bilan sodir bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"