O'zbekiston

Abdulla Aripov qo‘shni davlat bosh vazirlari bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator masalalar muhokama qilindi.

Abdulla Aripov qo‘shni davlat bosh vazirlari bilan uchrashdi

 

Bugun, 8 yanvar kuni Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ushbu uchrashuv uch davlat rahbarlari o‘rtasida davlat chegarasi masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar doirasida o‘tkazilayotganini, ular hamkorlik va mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash istagini doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladilar.

 

Bosh vazirlar savdo, logistika, suv-energetika, madaniy-gumanitar aloqalar kabi muhim yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun davlatlar katta salohiyatga ega ekanini ta’kidlashdi. Hamkorlikning muhim tarkibiy qismi, ularning fikricha, transchegaraviy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘lib, bu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish uchun vosita hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, uchrashuvda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya qilish va "Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi to‘g‘risida"gi shartnoma uchun ratifikatsiya hujjatlari almashish jarayoni yakunlangani qayd etildi.

 

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi 2024-yil 4-dekabrdagi davlat chegarasi to‘g‘risidagi bitimda Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash jarayonini yakunlash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. Uchrashuvda ishchi guruhlar qisqa vaqt ichida yakuniy hujjatlarni tayyorlashlari kerakligi ta’kidlandi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hukumat rahbarlari bugungi uchrashuv xalqlar va davlatlar farovonligi manfaatlaridan kelib chiqqan holda mintaqaning o‘nlab yillardagi taqdirini hal qilishiga ishonch bildirdilar. Davlat rahbarlarining kelgusida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi qardosh davlatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Uchrashuv uch davlat – Qirg‘izistonning Botken viloyati, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati davlat chegaralari tutashgan hududda bo‘lib o‘tdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"