Jahon

Nyu Yorkda markaziy yo‘llarda harakatlanish pulli bo‘ldi

Dastur 5-yanvardan ishga tushirilgan.

Nyu Yorkda markaziy yo‘llarda harakatlanish pulli bo‘ldi

 

Endi AQShning Nyu York shahrida haydovchilar tig‘iz soatlarda markaziy yo‘llardan harakatlanish uchun pul to‘laydi. Bu haqida "Financial Times" nashri xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, dastur 5-yanvar kuni ishga tushirilgan. “Tirbandlik uchun to‘lov” aholi zich yashaydigan shaharda transport tirbandliklarini kamaytirishga qaratilgan. Ish kunlari Manhettenning eng gavjum hududlariga kirish narxi 9 dollargacha baholanishi mumkin. Ish vaqtidan tashqari ko‘pchilik transport vositalari uchun yo‘llardan foydalanish narxi 2,25 dollarni tashkil etadi.

 

Kichik yuk mashinalari haydovchilari tig‘iz vaqtda 14,40 dollar, kattaroq yuk mashinalar esa 21,60 dollar to‘laydi. Ushbu tizim shahar markaziga kiradigan avtomobillar sonini taxminan 10 foizga kamaytirishi, Nyu Yorkda jamoat transportini rivojlantirish uchun 15 milliard dollar yig‘ishga yordam berishi kutilmoqda.

 

Joriy etilgan yo‘l haqi to‘lovi tizimining istiqboli noaniq bo‘lib qolmoqda. Respublikachilar saylangan prezident Donald Trampni dasturga berilgan federal ruxsatnomani bekor qilishga da’vat etmoqda.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"