Jahon

AQShda uysizlar soni ko'paydi

Bunga uy-joyning qimmatligi, inflyatsiya, ish haqining turg‘unligi kabi omillar sabab bo'lmoqda.

AQShda uysizlar soni ko'paydi

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarida uysizlar soni eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqida AQSh uy-joy va shaharsozlik departamenti ma’lumot bergan.

 

Departament hisobotida ta’kidlanganishicha, 2024-yil yanvar oyida mamlakatda bir kechada 771 480 kishi boshpanasiz qolgan, bu yillik hisobda 18 foizga ko‘pdir. Taqqoslash uchun, 2023-yil yanvar oyida AQShda uysiz qolgan va vaqtinchalik boshpanada yoki mashinada yashashga majbur bo‘lganlar soni 650 mingtani tashkil etgan.

 

Hujjatda, shuningdek, 2024-yilda bolali oilalardagi boshpanasizlar soni 39 foizga oshib, 259 ming 473 nafarga yetgan. Qayd etilishicha, uy-joyning qimmatligi, inflyatsiya, ish haqining turg‘unligi kabi omillar bunga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, salomatlik inqirozi va tabiiy ofatlar vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"