O'zbekiston

16,1 milliard so'mlik da'vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan

Joriy yilning 10 oyi davomida Biznes-ombudsman devoniga tadbirkorlik subyektlaridan 15 509 ta murojaat kelib tushgan.

16,1 milliard so'mlik da'vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan

 

Bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchidir. O'zbekistonda tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, nazorat qiluvchi organlar mas'uliyatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan har yili o'tkaziladigan ochiq muloqot ham tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni tinglash va ularga yechim topishga qaratilgan. Joriy yilda bo'lib o'tgan ochiq muloqotda ham tadbirkorlar uchun jazo choralarini yengillashtirish, ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bo'yicha bir qator topshiriqlar berilgan edi.

 

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-184-son Farmoni tadbirkorlarning ishonchli faoliyat yuritishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu farmon tadbirkorlikning ustuvor ahamiyatini yana bir bor namoyon etar ekan, mamlakatda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga xizmat qiladi.

 

Mazkur Farmon asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, tekshirishlarni tashkil etish tizimini takomillashtirish va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish orqali qulay biznes muhitini yaratish maqsad qilingan.

 

Farmon bilan quyidagi muhim o'zgarishlar kiritilmoqda:

 

2025-yil 1-yanvardan:

 

Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

 

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish, majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish va xodimlar sonini yashirish kabi huquqbuzarliklar uchun majburiy javobgarlik bekor qilinadi.

 

2025-yil 1-martdan:

 

Sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga davlat bojining bir qismi qaytarib beriladi.

 

Nazorat qiluvchi organlar faoliyati takomillashtiriladi:

 

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro'yxati tasdiqlandi;

 

"Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi joriy etiladi va tekshiruvlar xavf darajasiga qarab o'tkaziladi;

 

Barcha tekshiruvlar "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro'yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

 

Nazorat qiluvchi organlar xodimlarining malakasi oshiriladi:

 

Tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega xodimlar har ikki yilda Biznes-ombudsman tomonidan tashkil etiladigan o'quv kurslarida malakasini oshiradi.

 

Nazorat qiluvchi organlar faoliyati baholanadi:

 

Biznes-ombudsman har yili nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholab, ularning reytingini e'lon qilib boradi.

 

Ushbu Farmonning qabul qilinishi tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish va ularning mas'uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

Biznes-ombudsman devoni faoliyati

 

Joriy yilning 10 oyi davomida Biznes-ombudsman devoniga tadbirkorlik subyektlaridan 15 509 ta murojaat kelib tushgan. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida 2117 ta ta'sir chorasi qo'llanilgan. Natijada 16,1 milliard so'mlik da'vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan. Shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha 9 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. 648 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, ular bo'yicha 617 ta taklif va e'tirozlar yuborilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"