Jahon

Xalqaro sud Netanyaxuni hibsga olishga order chiqardi

Order berish 2024-yilning may oyida Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon tomonidan so‘ralgan edi.

Xalqaro sud Netanyaxuni hibsga olishga order chiqardi

 

Xalqaro jinoiy sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi. Bu haqIda Sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Sud Netanyaxu va Galantni 2023-yil 8-oktyabrdan 2024-yil 20-maygacha Gʻazo sektorida sodir etgan urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblaydi.

 

Sudning ta’kidlashicha, hibsga olish orderlari odatda maxfiy deb tasniflanadi, ammo bu holatda batafsil ma’lumotni oshkor qilishga qaror qildi. Chunki orderda aytilganlarga o‘xshash xatti-harakatlar davom etayotganga o‘xshaydi. Bundan tashqari, ICC Sudgacha bo‘lgan palatasi nashr jabrlanuvchilar va ularning oilalari manfaatlariga mos kelishini aniqladi.

 

Shuningdek, XAMAS harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deifni ham hibsga olishga order berdi. Isroilda u 2023-yil 7-oktyabrdagi hujum tashkilotchilaridan biri sanaladi. Deif iyul oyida Gʻazo sektori janubidagi al-Mavasi lageriga Isroil havo hujumi natijasida halok bo‘lgan edi. 2024-yil 1-avgustda uning o‘limini tasdiqlandi.

 

Netanyaxu va Galantni hibsga olish uchun order berish 2024-yilning may oyida Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon tomonidan so‘ralgan edi. Shu bilan birga, u XAMASning uch yetakchisi – Yahyo Sinvar, Muhammad Deif va Ismoil Haniyani hibsga olish uchun order berishni ham so‘ragan. O‘shandan beri ularning barchasi o‘ldirilgan.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"