O'zbekiston

Toshkentda avtobus bekatlari ijaraga berilmoqda

Ularning narxi 16 mln so‘mdan boshlanadi.

Toshkentda avtobus bekatlari ijaraga berilmoqda

 

Ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida tadbirkorlar tomonidan quyidagi talablarga javob beradigan bekat majmualarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan:

 

a) ijaraga olingan hududda yagona konstruksiya va dizaynga qat’iy mos keladigan bekatlarni o‘rnatish;

b) har bir bekatni yoritish moslamalari, telefonlarni quvvatlash portlari va chiqindi qutilari bilan jihozlash;

v) har bir bekatga videokuzatuv kameralari va favqulodda chaqiruv tugmalarini o‘rnatish;

g) jamoat transportining kelish vaqti haqida ma’lumot beruvchi tablo o‘rnatish;

d) bekatlarda LED-ekranlarni o‘rnatish taqiqlanadi;

e) tijorat faoliyati uchun binolar va/yoki qo‘shimcha inshootlarni qurish man etiladi;

j) to‘xtash platformasi to‘siqsiz muhit standartlariga va zamonaviy arxitektura yechimlariga mos kelishi, granit plitalardan tekis yuza hosil qilishi, bordyurlardan foydalanilgan holda bajarilishi lozim.

 

Bunday bekat majmualarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish uchun tadbirkorlarni uzoq muddatli ijara huquqi asosida E-auksion platformasi orqali ochiq savdolarda ishtirok etishga taklif qilinmoqda. Hozirda birinchi bosqich auksioni o‘tkazilmoqda. Tadbirkorlar bekatlarning yon devorlarida roll-up turidagi reklama materiallarini, orqa devorlarida reklama pannolarini joylashtirish xizmatini tashkil qilib va bu orqali daromadini oshirishi mumkin.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"