O'zbekiston

Hayvonlarni noqonuniy ovlagan shaxs qo'lga tushdi

Hozirda ushbu holat boʻyicha kerakli hujjatlarlarni sud organlariga yuborish choralari koʻrilmoqda.

Hayvonlarni noqonuniy ovlagan shaxs qo'lga tushdi

 

Toshkent viloyatida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi tekshirilganda uning yukxonasida yovvoyi turdagi noqonuniy ovlangan hayvonlar borligi aniqlandi.

 

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda mashina yukxonasida noqonuniy ovlangan yovvoyi turdagi 2 bosh boʻrsiq, 1 bosh oʻrdak, 4 bosh qirgʻovul hayvonlari borligi ma'lum bo'ldi.

 

Huquqbuzar bilan tushuntirish ishlari oʻtkazilganda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani “Hamzaobod“ MFY Markaziy koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro D.A. ekanligi va ov qilish uchun ruxsatnomasiga ega emasligi aniqlandi.

 

Hozirda holat boʻyicha MJtKning 90-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu holat boʻyicha kerakli hujjatlarlarni sud organlariga yuborish choralari koʻrilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"