O'zbekiston

Bir qancha aviakompaniyalar parvoz yo‘nalishlarini o‘zgartirdi

Bunga Eron havo hududining yopilishi sabab bo'lmoqda.

Bir qancha aviakompaniyalar parvoz yo‘nalishlarini o‘zgartirdi

 

Eron ustidagi havo hududining yopilishi munosabati bilan bir qancha aviakompaniyalar parvoz yo‘nalishlarini o‘zgartirdi. Bu haqida xabar bermoqda.

 

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat sabab "Jazeera airways" aviakompaniyasining Toshkent – ​​Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha J9-1650 reysi soat 04:50da uchib Toshkent aeroportiga qaytdi – samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:06da jo‘nash aeroportiga qo‘ndi.

 

Shuningdek, "Fly Dubai" aviakompaniyasining Dushanbe – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha F3-778 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 08:32 da Toshkentga kelib qo‘ndi. Ekipajning dam olishi munosabati bilan Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 21:00ga belgilangan. Yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi.

 

"Fly Dubai" aviakompaniyasining Toshkent – ​​Dubay yo‘nalishi bo‘yicha reysi ham soat 04:58da havoga ko‘tarilib, 06:58 da Ashxoboddagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Shuningdek, Madina – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha reys ham Toshkent vaqti bilan soat 08:17 da Al-Maktum (Dubay) aeroportiga qo‘ngan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"