O'zbekiston

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi

Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu yangi zavod qurilishini boshlab berdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati va yangi investisiya loyihalari bilan tanishdi. Iqtisodiy islohotlar barcha tarmoqlarda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. So‘nggi olti yilda Olmaliq kombinatida sanoat mahsuloti 1,8 baravar, mahalliylashtirish 7,7 baravar, investisiya 13 baravar oshgan. “Raqamli OKMK – 2030” strategiyasi doirasida 70 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan.

 

Ayni paytda yangi majmualar qurilib, mavjud quvvatlar oshirilayotir. Kombinatning 75 yillik tarixi davomida 2 ta fabrika barpo etilgan bo‘lsa, endi bunga ko‘p ketmadi. 2021 yilda “Yoshlik-1” koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlangan edi. Endi bu loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi hayotga ko‘chmoqda.

 

Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu yangi zavod qurilishini boshlab berdi. Qiymati 5,3 milliard dollarlik bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin va 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 1,9 milliard dollarga yetadi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

 

Loyihaga Italiyaning “Wood” hamda Buyuk Britaniyaning “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini belgilangan. Aytish joizki, hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"