O'zbekiston

Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi

Qayd etilishicha, bir guruh pedagog va texnik xodimlar maktab hovlisida obodonlashtirish ishlarida ko‘maklashgan.

Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 24-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani yuzasidan xabarlar tarqalgan edi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 24-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilinganligi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan.

 

O‘rganishlarga ko‘ra, muassasada “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan hamda bir guruh pedagog va texnik xodimlar maktab hovlisida obodonlashtirish ishlarida ko‘maklashgan.

 

“Maktab direktori o‘qituvchilarni, umuman, ta’lim tizimidagi xodimlarni o‘z vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilmaslik bo‘yicha jiddiy ogohlantirildi. Mehnat qonunchiligi doirasida o‘qituvchilarni majburiy mehnat va boshqa jamoat ishlariga jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining doimiy diqqat-markazida hamda bu masala jiddiy e’tiborda ekanligi ma’lum qilinadi” - deyiladi boshqarma munosabatida.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"