O'zbekiston

O‘zbekistonda superkontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi superkontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilanganini e’lon qildi.

O‘zbekistonda superkontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi

 

Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra, ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

 

Ushbu holatda abituriyent to‘plagan bali birinchi taʼlim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lishi lozim. Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, tanlagan barcha yo‘nalishlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishiga ruxsat beriladi. Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlaring to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

 

Superkontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Superkontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq (100 foiz) to‘lagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"