O'zbekiston

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinladi

U avval Birlashgan Arab Amirliklarida elchi bo‘lgan.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinladi

 

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Yangi elchi 51 yoshda bo‘lib, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatini 1994-yilda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. U yerda yetakchi, bosh mutaxassis, vazir yordamchisi, bosh boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2001-yilda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga birinchi kotib, so‘ngra savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga yuborilgan.

 

Xorijiy xizmat safaridan qaytgach, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi qoshidagi iqtisodiy tuzilmalarda, Vazirlar Mahkamasida sho‘ba mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

 

2019−2022 yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida elchi bo‘lgan. Shuningdek, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Baxtiyor Ibragimovga qadar 2018-2024 yillarda Qozog‘istonda elchi bo‘lib Saidikrom Niyozxo‘jayev faoliyat olib borgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"